Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘lom oila jamiyat tayanchi
14:02 / 2022-05-13

Asaka tumanida "Sog‘lom oila – mustahkam oila" loyihasi doirasida sport musobaqalari o‘tkazildi.

15 may – Xalqaro oila kuni oldidan, qolaversa, Prezidentimizning 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida partiyaning Asaka tuman kengashi tashabbusi bilan “Obod” mahalla fuqarolar yig‘inida sog‘lomlashtirish tadbiri va sportning voleybol, shaxmat, shashka turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. 

Unda partiya faollari, deputatlar, tibbiyot xodimlari hamda uy bekalari ishtirok etdi. Tadbir ochilishida so‘z olganlar mamlakatimizda, xususan, Andijonda aholi o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish, ayniqsa, xotin-qizlar, uy bekalarini sportning ommaviy turlariga jalb etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligini ta’kidladi.

Ishtirokchilarga partiya faollari, tibbiyot xodimlari tomonidan O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” amalga oshirayotgan qator loyihalar mazmun-mohiyati, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, salomatlikni saqlashda to‘g‘ri ovqatlanishning ahamiyati xususida keng tushuncha va ma’lumotlar berildi. Partiya faollari, deputatlar, shuningdek, tibbiyot xodimlari hamda uy bekalaridan tuzilgan jamoalar o‘rtasidagi voleybol, shaxmat, shashka musobaqalari qizg‘in va murosasiz bahslar ostida o‘tdi. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportning ommaviyligini oshirish, xotin-qizlarning faolligini oshirish maqsadida o‘tkazilgan sport musobaqalari ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat, shijoat va salomatlik bag‘ishladi. 

Yakunda musobaqalarning g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

F. UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA