French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘lom jigar — sog‘lom hayot
13:32 / 2025-07-30

Jigar saratonining aksariyat holatlarini spirtli ichimliklarni iste’mol qilishni kamaytirish va virusli gepatitga yo‘l qo‘ymaslik orqali oldini olish mumkin, deb yozmoqda “The Guardian” nashri.

Maqola muallifining ta’kidlashicha, jigar saratoni keng tarqalgan kasalliklarning oltinchi turi va o‘limga olib kelish bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi. Yangi holatlar soni agar hozirgi ahvol o‘zgarmasa, 2050 yilga kelib deyarli ikki baravarga, ya’ni  2022 yildagi 870 mingdan 1,52 milliongacha ko‘payadi.

Tibbiyot ekspertlari siyosatchilar uchun 2050 yilga borib jigar saratoni darajasini yiliga 2-5 foizga kamaytirishi mumkin bo‘lgan bir qator tavsiyalarni berdi. Ular gepatit B ga qarshi emlashni kengaytirish va kattalar uchun universal skrining, shakar soliqlarini joriy etish, jigar kasalliklarini erta aniqlashga sarmoya kiritish va jabrlanganlarga tibbiy yordamni yaxshilashni o‘z ichiga oladi.

S.Rahimov, O‘zA