Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam
11:22 / 2025-11-11

Mamlakatimizda ishchi-xodimlarning mehnat qonunchiligiga doir huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan ustuvor vazifa va dasturlar amalga oshirilmoqda.

Ma’lumki, 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni. Bu yil kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi keng nishonlanmoqda.

Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi mehnat jamoasi ham ushbu bayramni ko‘tarinki ruhda nishonladi. Boshqarma kasaba uyushmasi hamda Xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida yurish tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi xodimlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoada do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Bayramona muhitda o‘tgan tadbirda barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Ma’lumot o‘rnida, boshqarmada bu bayram 5 yildan buyon turli sport tadbirlari ko‘rinishida o‘tkazib kelinadi.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA