Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘lom farzandlar dunyoga kelishi uchun nima qilmoq kerak?
16:19 / 2024-08-13

Bugun insoniyat oldida turgan qator muammolar ichida salomatlik, sog‘lom farzandlarni dunyoga keltirish masalasi nihoyatda dolzarbdir. Yer kurrasida 7 mingdan ortiq orfan (kam uchraydigan irsiy kasalliklar) mavjud bo‘lib, ularning 72 foizi nasldan-naslga o‘tuvchi xususiyatga ega. Irsiy-genetik kasalliklarning aksariyati yaqin qarindoshlar nikohi sabab dunyoga kelgan farzandlarda namoyon bo‘ladi.

Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi institutida «Tibbiyotda genomik texnologiyalar-fuqarolik jamiyati va turli e’tiqodlarning o‘zaro ta’siri: axloqiy va huquqiy muammolar» mavzusida tashkil etilgan tadbirda genetik kasalliklar muammosi, ularni keltirib chiqarayotgan sabablar mavzusi ko‘tarildi. Butun insoniyatni qiynayotgan irsiy kasalliklar, O‘zbekistonda bugun bu boradagi muammolar, raqamlar aniq ko‘rsatgichlarda keltirib o‘tildi. Yaqin qarindoshlarning, erta turmushning ayanchli oqibatlari tilga olindi. 

Tadbir yakunida joriy yilning 30-31 oktyabr kunlari orfan kasalliklarini tashxislash va davolashga bag‘ishlangan «Chegarasiz hamdo‘stlik» xalqaro forumi bo‘lib o‘tishi haqida ma’lumot berildi. 

N.Rahmonova, O‘zA