Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sog‘lom davlat xizmatchisi” shiori ostida tibbiy ko‘rik o‘tkazildi
10:10 / 2024-01-28

Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Sirdaryo viloyatida ham joriy yilning yanvar oyi “Davlat xizmatchilarini sog‘lomlashtirish oyligi” deb e’lon qilingandi.

Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, boshqarma tizimidagi 3 ta shahar, 8 ta tuman tibbiyot birlashmasi, unga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda “Sog‘lom davlat xizmatchisi” shiori ostida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

—Tibbiy ko‘rik jarayoniga tuman va shahar, qolaversa, viloyat davolash profilaktika muassasalarining oftalmolog, kardiolog, nevropatolog, terapevt, akusher-ginekolog, xirurg, travmatolog,  dermatolog kabi tor doiradagi mutaxassislari jalb etildi,—deydi Sirdaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi davolash profilaktika yordamini tashkil qilish bo‘limi boshlig‘i Haydar Akromov.

Natijada tuman, shahar hokimliklarida ishlayotgan 248 nafar davlat xizmatchisi salomatligi chuqurlashtirilgan holda o‘rganib chiqilib, 3 nafarida endokrin tizimi, 1 nafarida esa buyrak, siydik ajratish tizimi kasalliklari aniqlangan bo‘lsa, 1 nafarida qandli diabet, 1 nafarida semizlik, 1 nafarida osteoxondroz, 2 nafarida ko‘z kasalliklari borligi aniqlanib, 5 nafariga ambulator, 5 nafariga sanatoriy-kurort sharoitida davolanish va sog‘lig‘ini tiklash, parhez va maxsus ovqatlanish yuzasidan tavsiya va maslahat berildi.

Muxtasar aytganda, sog‘lom millat genofondi har bir davlatning muhim boyligi sanaladi. Shu bois, mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, Sirdaryo viloyatida ham fuqarolar, shuningdek, davlat xizmatchilarining sog‘lig‘ini muhofaza qilishga davlat siyosatining muhim yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu boradagi ishlar esa tizimli davom etadi.  

Sh.Suyarov, O‘zA muxbiri