Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘lom bola – yurt kelajagi
17:31 / 2025-05-26

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Sog‘lom bola – yurt kelajagi” shiori ostida joylarda salomatlik tadbirlari tashkil etilmoqda.

Bolalar hayotimiz davomchilari. Ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.  

Bo‘zatov tumanidagi sport maktabida tashkil etilgan tadbirda 2010-2016 yillarda tug‘ilgan 40 nafardan ortiq bolajon badminton bo‘yicha g‘oliblik uchun qizg‘in kurash olib bordi. Unda O‘zLiDeP Bo‘zatov tumani kengashining apparat rahbari Begdiyar Qutlimuratov yosh sportchilarni bayram bilan qutlab, jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy shug‘ullanishning inson salomatligiga bo‘lgan foydasi haqida gapirdi.

–Ma’lumki, kompyuter texnologiyalari asrida, afsuski, bolalar o‘rtasida ochiq maydonlarda jismoniy harakat talab etadigan o‘yinlarning ahamiyati pasayib ketdi. Natijada bu ularning jismoniy va psixologik holatiga ma’lum ma’noda salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuning uchun ham bolalarni sport turi va milliy o‘yinlarga ko‘proq vaqt sarflashga undash lozim. Yengil mashqlar hatto chaqaloqlar uchun ham foydali hisoblanadi,–deydi Begdiyar Qutlimuratov.

Qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘lgan musobaqa yakunida g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Bolajonlarning iqtidorini namoyon etish va ularni  rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan tadbir chinakam  bayramga aylandi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri