“Sog‘lom avlod” bolalar uchun quchoq ochdi (+video)
Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi “Sog‘lom avlod” bolalar yozgi oromgohi o‘zining yangi mavsumini boshladi.
Mazkur oromgoh mavsum davomida 500 dan ziyod bolajonga xizmat ko‘rsatadi. Shundan 75 nafarini qo‘shni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanidan keluvchilar tashkil etishi belgilangan.
So‘lim tabiat qo‘ynida joylashgan maskanda bolajonlarning maroqli hordiq chiqarishi, bir nechta sport turi bilan shug‘ullanishi va to‘garak mashg‘ulotlarda mahorat oshirishi uchun barcha sharoit yaratilgan.
[gallery-23773]
Oromgohda mavsum ochilishiga bag‘ishlab tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi Ulug‘bek Davlatov ham ishtirok etib, yoshlarga maroqli hordiq tiladi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/s4YChkerTzs" title="“Sog‘lom avlod” bolalar uchun quchoq ochdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Behzodbek SAIDOV (surat, video), O‘zA