Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘liqni saqlashda yangi loyiha
14:33 / 2026-02-16

Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar tibbiy xizmatni tashkil etish bilan ham uzviy bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-oktabrdagi “2024-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan Farg‘ona viloyatida ko‘p tarmoqli shifoxona tashkil etish bo‘yicha tender e’lon qilindi.

Loyihaga ko‘ra,  g‘olib Farg‘ona viloyatida uch yil ichida ishga tushiriladigan 800 o‘rinli zamonaviy ko‘p tarmoqli shifoxonani xalqaro standartlarga muvofiq loyihalashtirishi, qurishi, moliyalashtirishi, zarur asbob-uskunalar bilan va  texnik jihatdan jihozlashi shart edi.  

Tenderda o‘nta kompaniya ishtirok etdi. Ulardan sakkiztasi malakaviy tanlovdan o‘tkazildi va texnik hamda moliyaviy takliflar berdilar. Bular: Meridiam Consortium (Fransiya) va Ronesans (Turkiya); Plenar Consortium (BAA), YDA Group (Turkiya) va Falganim Holding (Kuvayt); va KOC Consortium (O‘zbekiston) va Vision Investment (Saudiya Arabistoni).

Kompaniyalar uchun tender shartlari qat’iy bo‘lib, tajriba, xodimlarni o‘qitish talablari, kompaniyaning moliyaviy ko‘rsatkichlari va boshqalarni o‘z ichiga olar edi.  

Nihoyat g‘olib e’lon qilindi, deb xabar beradi Farg‘ona viloyat hokimligi axborot xizmati o‘z telegramm kanalida. U barcha texnik talablarga javob beradigan va eng past moliyaviy taklifni taqdim etgan kompaniya – VISION INTERNATIONAL INVESTMENT COMPANY (Saudiya Arabistoni) konsorsiumi - KOC CONSTRUCTION MEKANIK ELEKTRIK MCHJ FE (O‘zbekiston) deb ko‘rsatilgan.

Xo‘sh, loyiha amalga oshsa, u aholiga nima beradi?

Birinchidan, u mintaqa va unga tutash viloyatlar aholisining kardiojarrohlik, neyroxirurgiya va organ transplantatsiyasini o‘z ichiga olgan zamonaviy yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlayadi.

Ikkinchidan, mavjud ixtisoslashtirilgan muassasalarni bitta binoda birlashtirish va ularni ilg‘or diagnostika hamda davolash infratuzilmasi bilan jihozlash, resurslardan foydalanishda esa samaradorlikni oshiradi, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilaydi va bemorlarning mintaqa yoki mamlakatdan tashqariga chiqish zaruratini kamaytiradi.

Uchinchidan, loyiha davlat va xususiy sektorning sog‘liqni saqlash sohasidagi muvaffaqiyatli hamkorligining sinov loyihasi bo‘lib, O‘zbekistonning boshqa mintaqalarida zamonaviy tibbiyot majmualarini qurish va kengaytirish modelini yaratadi.

Muhammadjon Obidov, O‘zA