Sog‘liqni saqlash vazirligining kechagi va bugungi imkoniyatlari (+video)
Oxirgi besh yil mobaynida SSV tizimida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Xususan, yangi ishga tushgan tibbiy muassasalar sonining ortib borayotgani, shifoxonalarning xorijiy va zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlanayotgani, chet elda davolash mumkin bo‘lgan ko‘plab og‘ir kasalliklarni davolash bo‘yicha mamlakatimizda ham sharoitlar yaratilayotgani, malakali kadrlarni yetishtirish va bu boradagi erishilayotgan natijalar shular jumlasidandir.
Bu haqda O‘zbekiston SSV, Vazir o‘rinbosari Elmira Basitxanova batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
Vazir o‘rinbosari, shuningdek, kelajakda shifokorlarning maoshi 1 ming dollarga ko‘tarilishi mumkinligi masalasida ham chora-tadbirlar olib borilayotgani, O‘zbekistonda allaqachon chaqaloqlarning tirik tug‘ilishi mezonlariga o‘tilgani va pandemiya taassurotlari haqida to‘xtaldi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/A6OOzhNnCPs" title="SSV mulozimi o‘rinbosari SSV tizimining kecha va bugungi imkoniyatlari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>
M. Eshmirzayeva, N. Abduvoitov O‘zA