Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘liqni saqlash vazirligiga aholidan jami 87 288 ta murojaat kelib tushgan
08:57 / 2023-01-05

O‘tgan 2022 yilda vazirlikka aholi murojaatlari soni 2021 yilga nisbatan 3 barobar kamayib, 14 mingtani tashkil qilgan.

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovning so‘zlariga ko‘ra,  bu ijobiy holat. Lekin, hududiy boshqarmalar, bevosita muassasalarning o‘ziga kelayotgan murojaatlar soni ortgan.

Xususan, tizimdagi tashkilotlarga 2022 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 87 288 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, bu o‘tgan 2021 yilning mos davriga nisbatan (78 754 ta) 11 foizga ortgan.

Eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari Namangan, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida kuzatilgan.

 

O‘zA