French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar bo‘yicha izoh berdi
14:49 / 2022-02-15

RASMIY IZOH

Ijtimoiy tarmoqlar orqali yurtimizda vaksina olgan fuqarolar uchun 750 ming so‘m miqdorida pul mablag‘i berilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.  

Sir emas, koronavirus pandemiyasi davrida ayrim ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali turli asossiz, hech qanday haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan va rasmiy manbalar orqali tasdiqlanmagan uydirma ma’lumotlarni tarqatish hollari tez-tez kuzatilmoqda.  

Bu esa, o‘z navbatida, keng jamoatchilik orasida turli tushunmovchiliklarning yuzaga kelishiga, ba’zi hollarda esa ortiqcha sarosimalarga sabab bo‘lmoqda. Jumladan, vaksina olgan fuqarolar uchun 750 ming so‘m miqdorida pul mablag‘i berilayotgani haqidagi yuqorida keltirilgan axborot ham ana shunday maqsadda tarqatilgan bo‘lib, hech qanday rasmiy asosga ega emas.  

Shu bois vazirlik aholidan bu kabi yolg‘on xabarlarga ishonmasliklarini, vaksinatsiya jarayonlari bilan bog‘liq eng to‘g‘ri ma’lumotlarni Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy ssv.uz sayti hamda telegramdagi https://t.me/ssvuz sahifalari orqali olishlari mumkinligini eslatib o‘tadi. Unutmang, bu kabi yolg‘on xabarlarni tarqatish tegishli tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.  

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 

matbuot xizmati 

O‘zA