Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari sog‘lom bo‘lish sirini aytdi
18:42 / 2022-09-22

Poytaxtimizda 22 sentyabr — “Xalqaro avtomobilsiz kun” munosabati bilan velomarafon musobaqasi tashkil etildi.

Sog‘liqni saqlash, Sportni rivojlantirish, Ichki ishlar vazirliklari va boshqa mas’ul tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan mazkur aksiyada havaskor sportchilar, turli yosh toifasidagi o‘g‘il-qizlar, davlat idoralari, xususan, tibbiyot tizimi xodimlaridan iborat 800 nafardan ziyod aholi vakillari ishtirok etdi.

Velosportni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, ommalashtirish, bu orqali sog‘lom turmush tarzini yuksaltirish maqsadida uyushtirilgan musobaqa har tomonlama qizg‘in va murosasiz kechdi.

— Velosipedda yurish salomatlik uchun foydali, — deydi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari E.Bositxonova. — Quvonarlisi, mamlakatimizda yildan-yilga ushbu sport turiga bo‘lgan qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Ayniqsa, bugungi tadbirda ishtirok etgan yigit-qizlar, katta yoshli insonlardagi shijoat va intilishni ko‘rib, o‘zim uchun ham katta kuch oldim. O‘ylaymanki, bu kabi musobaqalarni yurtimizning barcha hududlarida muntazam o‘tkazish lozim. Sababi inson qanchalik ko‘p jismoniy harakat qilsa, shunchalik sog‘lom va immuniteti mustahkam bo‘ladi. Bu hayot haqiqati esa pandemiya davrida yana bir bor o‘z isbotini topdi.

Tadbirda, shuningdek san’atkorlar ijrosida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi kuy va qo‘shiqlar yangradi.

O‘zA