Sog‘liqni saqlash vaziri Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
[gallery-12360]
Hozirda klinika va 2000 o‘rinli o‘quv binosining qurilish ishlari hamda xorijdan keltirilgan zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Jarayonda tibbiyot muassasasining qabulxona, operatsiya va muolaja xonalari ko‘zdan kechirilib, kerakli tavsiyalar berildi.
Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA