Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasi vakillari bilan uchrashuv
10:56 / 2023-12-04

Sirdaryo viloyat hokimi, senator Akmaljon Mahmudaliyev sog‘liqni saqlash hamda farmatsevtika sohasi vakillari bilan uchrashdi. Muloqotda davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 28 noyabr kuni farmatsevtika sanoatidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda berilgan topshiriq va vazifalar ijrosi tahliliy-tanqidiy ruhda muhokama qilindi.

Viloyatda ushbu tarmoq rivoji uchun zarur xomashyo va yetarli sharoitlar bor. Prezidentimizning tegishli farmoniga muvofiq Sirdaryo tumanida 212,8 gektar maydonda “Sirdaryo-farm” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilib, unda umumiy qiymati 109,7 million dollarlik 6 ta investitsion loyihalar amalga oshirilgan. Hozir viloyatda faoliyat yuritayotgan mavjud 15 ta ishlab chiqaruvchi tomonidan o‘tgan 10 oy davomida 332 turdan ziyod jami 290,1 milliard so‘mlik farmatsevtika mahsulotlari tayyorlangan. Shunga qaramay, farmatsevtika mahsulotlarining 80 foizi import hisobidan qoplanmoqda.

[gallery-14999]

Mas’ullar oldiga mavjud ishlab chiqarilayotgan dori-darmon turlarini ko‘paytirish, ayrim import qilinayotgan mahsulotlarni mahalliylashtirish, buning uchun qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish kabi vazifalar belgilab berildi.

Yig‘ilishda, farmatsevtika vositalari xaridi uchun tibbiyot muassasalariga ajratilgan mablag‘larning bir nechta hududda noo‘rin sarflangani ma’lum qilindi. Shu bilan birga, shifokorlar tomonidan yoziladigan retseptlarda dori turlarini ko‘paytirish evaziga ishlab chiqaruvchi va xususiy dorixonalar egalaridan manfaat ko‘rayotgan holatlar ham uchrayotgani aytib o‘tildi. Endilikda zarur dori-darmon vositalari maqbul narxlarda sotilishi jiddiy nazoratga olinishi, bemorlarga beriladigan dorilar retsepti elektron tartibda yozilishi ta’kidlandi.

Sh.Suyarov, O‘zA muxbiri.