English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘liqni saqlash tizimida ERP-MED "Tibbiy jihoz" moduli ishga tushadi
14:24 / 2022-10-28

bugungi kun tibbiyotida kasallikka tashxis qo‘yishdan boshlab, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotigacha bo‘lgan ko‘p bosqichli ishlarda tibbiy asbob-uskunalarning ahamiyati katta.

Innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar hayotga tatbiq etilayotgan bir paytda ushbu asbob-uskunalarning ishlab chiqarilgan yili, ishlash muddati, texnik imkoniyatlarini hisob-kitob qilib boradigan elektron tizim kerak.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan Guliston shahar tibbiyot birlashmasida “Tibbiy jihoz“ modulini ishga tushirish, asbob-uskunalar hisobi va nazoratini yuritish bo‘yicha yagona axborot tizimi (ERP-MED)ni Sirdaryoda amaliyotga joriy etish masalasida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari, Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, tuman, shahar tibbiyot birlashmalari, viloyat davolash profilaktika muassasalarining rahbarlari, axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislari, moddiy tovar hisobchilarga Sirdaryoda ilk marotaba joriy etilayotgan ERP-MED "Tibbiy jihoz" elektron moduli, uning imkoniyatlari, ishlash tartibi to‘g‘risida ma’lumot berildi.


— ERP-MED "Tibbiy jihoz" moduli sog‘liqni saqlash tizimida foydalanishda bo‘lgan tibbiy asbob-uskunalar hisobi va nazoratini yuritishda afzal jihatlari ko‘p, – deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh mutaxassisi Otabek Meliboyev. – Elektron platforma bevosita Moliya vazirligining UzASBO elektron platformasi bilan integratsiyalashgan holda faoliyat olib boradi va ortiqcha qog‘ozbozlik, ovoragarchilikning oldini oladi, tibbiy asbob-uskunalarning xatlovi bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar, elektron tartibda qayd etib boriladi. Bu esa sog‘liqni saqlash sohasida faoliyat olib borayotgan moddiy tovar hisobchilar ishini yengillashtiradi, ma’lumotlarni bir vaqtda Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi moliya muassasalariga yetkazish imkonini beradi. Shunga qarab, ushbu tibbiy jihozlar ta’miri uchun mablag‘ ajratiladi.

Kelgusida yangi elektron modul bo‘yicha ishlash tartibi soha xodimlariga o‘rgatib boriladi.



Sh.Suyarov, O‘zA