“Adolat” SDPning Toshkent viloyati Kengashi tomonidan Ohangaron shahrida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida tashkil etilgan tadbirda partiya faollari hamda Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasi shifokorlari va tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda partiyaning Markaziy Kengashi raisi birinchi o‘rinbosari Abdukamol Rahmonov hamda Toshkent viloyati kengashi raisi Gulnora Ahmedova tibbiyot sohasida korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida gapirdi. Shuningdek, bemorlarning huquqlarini himoya qilish, tibbiy xizmatlarni sifatli va shaffof tarzda ko‘rsatish muhimligini ta’kidlab, korrupsiyaga qarshi kurashda har bir tibbiyot xodimining roli muhimligi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, uning taraqqiyotimizga zarari, bu illatga qarshi kurashish har bir jamiyat a’zosining vazifasi ekani to‘g‘risidagi fikr va mulohazalar bildirdi.
Davra suhbatida tibbiyot xodimlari korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida savollar berib, o‘z fikrlarini bildirish imkoniga ham ega bo‘ldi.
A.Musayev, O‘zA.