Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘liqni saqlash sohasida korrupsiyaga qarshi xalqaro standart joriy etish boshlandi
16:36 / 2025-10-06

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikdagi ushbu loyiha Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) dasturiga muvofiq amalga oshirilayotgan “huquqiy eksperiment” doirasida ro‘yobga chiqarilmoqda.

Shu munosabat bilan sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari E.Bositxonova Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) dasturi rahbari V.Kessler hamda “Alfakon Systems” innovatsion boshqaruv kompaniyasi xodimlari bilan uchrashdi.

Unda sog‘liqni saqlash tizimini transformatsiya qilish doirasida korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi xalqaro standartini (ISO 37001:2025) joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuvda vazir o‘rinbosari “korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida tizimda amalga oshirilgan ishlar va rejalar xususida aytib o‘tdi.

Jumladan, bu xalqaro standart talablarini vazirlik tizimida qo‘llash uchun korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan 14 ta ichki lokal hujjat yangi tahrirda qabul qilinib, idoraviy mexanizmlar joriy etildi hamda amalga oshirilmoqda.

Tizimda korrupsiya faktlari haqida xabar berish bo‘yicha “1203” qisqa raqamli aloqa va “t.me/ssvantikor_bot” telegram botkanali, shuningdek, vazirlikning rasmiy veb-saytida ssv/pages/komplaens-xizmati nomli sahifa hamda “ssvuz/compliaence” elektron pochtasi ishlamoqda.

Shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida 4 ta axborot tizimi yaratildi, 2 tasi takomillashtirildi hamda 3 ta mobil ilova ishga tushirildi. Respublikadagi 3 838 ta tibbiyot muassasaci DMED tizimiga ulanib, 33 million nafar aholining yagona elektron tibbiy kartasi shakllantirildi.

Suhbat davomida vazirlikning Korrupsiyaning oldini olish va kurashish bo‘limi hamda “Alfakon Systems” innovatsion boshqaruv kompaniyasi bilan hamkorlikda xalqaro standartni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan kelishib olindi.

O‘zA