Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘liqni saqlash sohasida 50 ta DXSH loyihalari amalga oshirilmoqda
16:12 / 2022-10-25

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan brifingda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori Zokir Bozorov tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan respublikaning mas’ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019 yildan joriy yilning sentyabr oyiga qadar umumiy qiymati 12,4 milliard dollardan ortiq bo‘lgan jami 423 ta davlat-xususiy sheriklik (DXSH) loyihasi bo‘yicha ishlar olib borildi.

Qayd etilishicha, energetika sohasida 26 ta, kommunal xizmatlar bo‘yicha 3 ta, sog‘liqni saqlash sohasida 48 ta, suv xo‘jaligi borasi 157 ta, ekologiya sohasida 69 ta, ta’lim sohasida 71 ta, hunarmandchilik sanoati sohasida 14 ta, madaniyat sohasida 27 ta, transport sohasida 2 ta, bandlik va mehnat munosabatlari sohasida 2 ta, hamda axborot texnologiyalari, soliq, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish hamda huquqni muhofaza qilish sohalarida 1 tadan loyihalarni tashkil etadi.  

bugungi kunda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim imzolangan va tegishli ishlar boshlangan loyihalar soni 358 tani, DXSH to‘g‘risidagi bitimi imzolanish arafasida bo‘lgan loyihalar soni – 33 tani hamda tender bosqichida bo‘lgan loyihalar soni 32 tani tashkil etadi.  

Shuningdek, davlatimiz rahbarining «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturiga muvofiq, energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya, kommunal xizmatlar, suv xo‘jaligi va boshqa sohalarda davlat-xususiy sheriklik asosida qariyb 14 mlrd. dollardan oshiq bo‘lgan 154 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Jumladan, energetika sohasida 11 ta, Transport sohasida 5 ta, Kommunal xizmatlar sohasida 3 ta, Sog‘liqni saqlashda 3 ta, Ta’limda 6 ta, Ekologiyada 33 ta, Suv ho‘jaligida33 ta, boshqa ijtimoiy sohalarda 60 tani tashkil etadi.  

Mazkur davlat-xususiy sheriklik (DXSH) loyihalarini sohalar kesimida tahlil qilinganda, energetika sohasida umumiy qiymati 10,27 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 31 ta loyiha mavjudligi aniqlangan. Shundan 19 tasida bitim imzolanib, ishlar boshlangan, 2 tasi bitim imzolash arafasida, 5 tasi tender bosqichida va 5 ta loyiha bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda. Bunda quyosh va shamol elektr stansiyalari hamda bug‘-gaz issiqlik elektr stansiyalarini qurish ko‘zda tutilgan.  

Kommunal xizmatlar sohasida 2019-2022 yillar davomida 3 ta DXSH loyihasini amalga oshirish bo‘yicha bitim imzolangan. Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish va boshqaruvga berish loyihasi bo‘yicha xususiy tashabbuskor - Fransiyaning “Veolia” kompaniyasi bilan ishlar boshlab yuborilgan.  

Shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasida 50 ta DXSH loyihalari amalga oshirilayotgan bo‘lib, shundan qiymati 44,33 million AQSH dollari bo‘lgan 35 ta loyiha bo‘yicha DXSH bitimi imzolangan. Shuningdek, qiymati 6,97 million AQSH dollari bo‘lgan 12 ta DXSH loyihasi bo‘yicha tender bosqichlari yakunlanib, DXSH bitimi imzolanishi arafasida. 2022-2026 yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 3 ta yirik loyihalar bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda. Ushbu loyihalar to‘liq xususiy investorlar mablag‘lari evaziga tashkil etilib, davlat byudjetidan subsidiya mablag‘larini ajratish ko‘zda tutilmagan.  

Shuningdek, davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga muvofiq 2022-2026 yillarda 2 ming 899 ta yangi maktablarni qurish va rekonstruksiya qilish hisobiga 1 million 200 ming o‘quvchi o‘rni miqdoridagi yangi quvvatlarni yaratish belgilangan.    

Qamrab olinmagan 396 ming o‘rinli 589 ta yangi maktablarni qurishni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirish taklif etilmoqda.  

Buning uchun bugungi kunda Osiyo taraqqiyot bankining maslahat ko‘magida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 13 ta, Xalqaro moliya korporatsiyasining maslahat ko‘magida Andijon va Samarqand viloyatlarida 15 ta, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining maslahat ko‘magida Farg‘ona va Namangan viloyatlarida 15 ta umumta’lim maktablarini DXSH asosida qurish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

2022-2025 yillarda oliy ta’lim muassasalarining talabalari uchun davlat-xususiy sheriklik asosida 228 ta 91 ming 200 o‘rinli talabalar turar joylarini barpo etish belgilangan. bugungi kun holatiga 20 516 o‘rinli jami 1 trillion 180 milliard so‘mlik 44 ta loyihalar ustida ish olib borildi. Hozirgacha Qoraqalpoq va Samarqand davlat universitetlari hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2000 o‘rinli 3 ta yotoqxonalar foydalanishga topshirildi. Bundan tashqari yana 3 ming 300 o‘rinli 7 ta yotoqxonalar foydalanishga topshirish arafasida turibdi.

Shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan maslahat ko‘magida DXSH asosida Toshkent shahrida yana 47 ta talabalar turar joylarini tashkil etish loyihasi bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Muhayyo Toshqorayeva O‘zA