Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
09:09 / 2024-10-14

Jizzax viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Shu kungacha viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Ozoda Mahmudova boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi. Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i bilan shu vaqtgacha viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Maxmarasul Do‘stmatovich Umarov viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i  etib tayinlandi.  

                                                               A.Qayumov, O‘zA