Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘liqdagi muammo sabab parvoz qoldirilsa, chipta puli qaytariladimi?
11:40 / 2022-08-07

«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 5 va 6-moddalarida yo‘lovchilarni tashuvchi vositalardagi tashish shartlari, qoidalari, chiptalarni xarid qilish va ularni qaytarish shartlari haqida to‘liq ma’lumot berilishi kerakligi belgilangan.

Biroq, bugun fuqarolarga bu kabi ma’lumotlar to‘liq berilmasligi oqibatida iste’molchilarning sarson bo‘lishi holati kuzatilmoqda.

Iste’molchi H.ning xuddi shu muammo yuzasidan Marg‘ilon shahar prokuraturasiga qilgan murojaati tegishliligi bo‘yicha shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganildi.

Murojaatga ko‘ra, H. Marg‘ilon shahridagi aviakassadan Farg‘onadan Rossiya Federatsiyasining Moskva shahriga uchish uchun 4 150 000 ming so‘mga aviachipta sotib olgan. Ma’lum fursat o‘tib, uning sog‘ligi yomonlashganligi sabab kassaga murojaat qiladi va sog‘ligida yuzaga kelgan muammoli holat sabab parvozni qoldirishini tushuntiradi. Chipta uchun to‘langan pulni qaytarishlarini so‘raganida esa, sotuvchi chipta pulidan ushlanma olib qolinishini aytgan.

Kassa iste’molchi to‘lagan puldan ma’lum qismini olib qolib, qolganini qaytarib beradi. Fuqaroga bu bo‘yicha to‘lov hujjati yoki ma’lumotnoma taqdim qilinmaydi.
Murojaat shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, aviakassa mas’ullariga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Iste’molchi bilan yuzaga yeyelgan bunday holatda, ya’ni uning sog‘ligi yomonlashishi sababidan uchish qoldirilsa, bu uzrli holat deb baholanishi, to‘langan pul to‘liq qaytarilishi kerakligi eslatib o‘tildi.

Shundan so‘ng, chipta uchun to‘lagan pullar egasiga to‘liq qaytarilgan.

M. Karimova, O‘zA