English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«So‘g‘diyona»ni jiddiy sinov kutib turibdi
09:31 / 2022-08-08

Qit’amizda futbol bo‘yicha OFK kubogining guruh bosqichi uchrashuvlari keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tdi. Quvonarlisi, unda «So‘g‘diyona» klubi «Ye» guruhida 9 ochko to‘plagan holda pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

Ertaga 9 avgust kuni OFK kubogining pley-off bosqichi uchrashuvlariga start beriladi. Unda 12 ta jamoa 22 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Pley-off bosqichining Markaziy Osiyo mintaqasida Tojikistonning «Xo‘jand» klubi vakillarimiz «So‘g‘diyona»ga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv 17 avgust kuni 18:30 da start oladi. Mazkur o‘yin g‘olibi esa Gong-Kong klubi «Istrin Long Laynz» va Hindistonning «Mohun Bagan» o‘yini g‘olibi bilan bellashadi.

Eslatib o‘tamiz, navbatdagi bosqich o‘yinlari 6 va 7 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.



O‘zA