Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“So‘g‘diyona” – “Qizilqum”: g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi
10:56 / 2022-09-03

Futbol bo‘yicha Coca Cola O‘zbekiston kubogi chorak finali doirasida 4 uchrashuv belgilangan.

Jizzax shahrida “So‘g‘diyona” Navoiy shahrining “Qizilqum” jamoasini, Namanganda “Navbahor” O‘zbekistonning amaldagi chempioni “Paxtakor”ni qabul qilgan bo‘lsa, Andijonda mahalliy “Andijon” Olmaliqning AGMK va Qarshida “Nasaf” Toshkentning “Lokomotiv” klublari o‘rtasidagi uchrashuvlar ham juda qizg‘in o‘tishi kutilmoqda.

Jizzax shahridagi “So‘g‘diyona” markaziy stadionida O‘zbekiston kubogi chorak finalining “So‘g‘diyona” – “Qizilqum” o‘rtasidagi bahsi ehtiyotkorlik bilan boshlandi. Maydon egalari xavfli vaziyatlar sodir etish, hujumkorroq o‘ynash uchun harakat qilgan bo‘lsa, mehmonlar o‘yinda passiv harakat qilib, o‘yin tempini tushirib, qarshi hujumga tayanib, harakat qildi. Lekin o‘yinning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi – 0:0.

Uchrashuvning 2-bo‘limi ancha tezkor va keskin boshlandi, tomonlar taktikasini o‘zgartirmadi. Ulug‘bek Baqoyev shogirdlari nisbatan ko‘proq hujum uyushtirdi ammo golni mehmonlar kiritdi.

O‘yinning 72-daqiqasida burchakdan uzatilgan to‘pni Sanjar Shoahmedov jizzaxliklar darvozasiga aniq yo‘llab, hisobni ochdi – 0:1.

Oradan ko‘p o‘tmay  Danel Nasriddinovning uzatgan to‘pini Shohruz Norxonov darvoza tomon yo‘llab, Ignatiy Nesterovni dog‘da qoldirdi va chiroyli gol muallifiga aylandi  – 1:1.

Asosiy va hakam tomonidan qo‘shib berilgan 15 daqiqadan 2 tayimda ham 1:1 hisobi o‘zgarmay qoldi.

So‘ng 5 tadan penalti belgilandi.

Bunda 4:3 hisobi qayd etilib, unda maydon egadlarining qo‘li baland keldi. Shunday qilib, Jizzaxning “So‘g‘diyona” professional futbol klubi O‘zbekiston kubogining yarim finaliga 4 ta jamoadan birinchisi bo‘lib yo‘l oldi.

Ma’lumot uchun, 3 kundan so‘ng, 6 sentyabr kuni butun o‘zbek futbol muxlislarining diqqati Jizzax shahriga qaratilishi shubhasiz. Shu kuni “So‘g‘diyona” o‘z maydonida OFK kubogining hududlararo yarim final bahsida Gongkongning “Istern” klubini qabul qiladi.

A.Qayumov, O‘zA