English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“So‘g‘diyona” imkoniyatni qo‘ldan boy berdi
15:46 / 2022-09-15

Jizzax shahridagi markaziy “So‘g‘diyona” stadionida futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati superligasining kechiktirilgan 16-tur o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning amaldagi vitse-chempioni “So‘g‘diyona” Farg‘onaning “Neftchi” jamoasini qabul qildi.

Jizzaxlik futbolchilar uch – OFK kubogi, O‘zbekiston chempionati va mamlakat kubogida bahs olib borayotganiga qaramay, o‘yinni shiddatli hujumlar bilan boshladi. “Neftchi” esa juda tartibli himoyalandi.

Uchrashuvning 15-daqiqasida raqibiga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun “So‘g‘diyona” yarim himoyachisi Daniel Nasriddinovni hakam maydondan chetlatdi.

Uchrashuvning 2-bo‘limida o‘yin o‘zgardi. Charchoq, bir kishi kam ekani o‘z so‘zini aytdi. Endi mehmonlar – “Neftchi” futbolchilari bosim o‘tkazib, tez-tez hujumlar uyushtirgan bo‘lsa, “So‘g‘diyona” himoyalangan holda qarshi hujumda to‘p surdi.

Ammo uchrashuvda hisob ochilmadi, “So‘g‘diyona” – “Neftchi” yakuniy hisob – 0:0.

Shu tariqa, “So‘g‘diyona” chempionlik kurashida peshqadamlarni quvib yetish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi.

 

A.Qayumov, O‘zA