Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchilari
14:49 / 2014-09-29

Toshkent moliya instituti qoshidagi 2-akademik litseyda 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent moliya instituti qoshidagi 2-akademik litseyda 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan tadbirda pedagog-murabbiylar, mahalla fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari qatnashdi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimiz salomatligini yanada mustahkamlash, aholi qatlamlari, ayniqsa, bolalar, xotin-qizlarni sportga keng jalb etish orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzi g‘oyalarini mustahkam qaror toptirish masalasiga ustuvor e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi ayollar, ayniqsa, uy bekalari, qizlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur imkoniyat va sharoitlarni yaratish, maktablarda sport seksiyalarining ishini jonlantirish, “Orasta qizlar” to‘garaklari faoliyati orqali qizlarning sportga bo‘lgan qiziqish va intilishini yanada kuchaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratmoqda. Ushbu jamoat tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan “Gimnastika – barcha uchun” sport festivali, “Otam, onam va men – sportchi oila” turniri, “Sog‘lom ayol – sog‘lom jamiyat” shiori ostidagi sport musobaqasi shunday tadbirlar sirasidandir.

– O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida tumanimizdagi barcha maktab, kollej va litseylar, oliy ta’lim dargohlarida pedagoglar ishtirokida turli sport musobaqalari o‘tkazilmoqda, – deydi Toshkent moliya instituti qoshidagi 2-akademik litseyning ingliz tili o‘qituvchisi Aziza Rashidxo‘jayeva. – Bunday sport tadbirlarining kasb bayramimiz arafasida o‘tkazilishida o‘ziga xos ramziy ma’no bor. Negaki, bilim va tarbiya berish bilan birga, inson kamolotida jismoniy tarbiya benihoya katta o‘ringa ega ekanligini navqiron avlodga tushuntirishda pedagoglarning mas’uliyati kattadir.

“Quvnoq startlar” tarzida o‘tkazilgan turnirda qatnashchilar jamoalarga bo‘lingan holda o‘zaro kuch sinashdi. Faol ishtirokchilarga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova so‘zga chiqdi.