Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘lom ona – sog‘lom bola
11:49 / 2015-12-04

Andijonda “Gimnastika barcha uchun” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Andijonda “Gimnastika barcha uchun” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Gimnastika federatsiyasi hamkorligida “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda 17 jamoa o‘zaro bahslashdi.

Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Yunusova va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida jismoniy tarbiya va sportni ommaviylashtirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor aholi, jumladan, xotin-qizlarni sportga keng jalb etish, oila va jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

Ayni paytda viloyatda 20 mingdan ziyod ayol sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda. 110 mingdan ziyod xotin-qiz ommaviy sport turlariga jalb etilgan. Bu oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholi salomatligini mustahkamlash, jismonan barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Musobaqa yakunida Andijon tumani jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Andijon shahar jamoasi ikkinchi, Buloqboshi tumani vakillari uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.