English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘lom avlod – kelajagimiz
18:59 / 2015-02-10

Qoraqalpog‘iston Respublikasida Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2003-2014-yillarda 150 ga yaqin zamonaviy bolalar sporti inshooti qurilib, foydalanishga topshirildi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasida Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2003-2014-yillarda 150 ga yaqin zamonaviy bolalar sporti inshooti qurilib, foydalanishga topshirildi.

Prezidentimiz rahnamoligida navqiron avlodni sportga keng jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilayotgan alohida e’tibor yoshlarning sog‘lom va baquvvat bo‘lib ulg‘ayishiga xizmat qilmoqda. Bugungi kunda eng chekka ovullarda ham yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun muhtasham sport majmualari, stadionlar, sport zallari barpo etilib, zamonaviy jihozlanmoqda.

Shumanay tumani yoshlari yaratilayotgan bunday sharoitlardan samarali foydalanayotir. Xususan, zamonaviy bolalar va o‘smirlar sport maktabi barpo etilib, malakali murabbiylar, zarur jihozlar bilan to‘liq ta’minlangani tuman yoshlarining turli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishiga zamin yaratdi. Maktabda 172 million so‘mlikdan ziyod ta’mirlash ishlari amalga oshirilgani tarbiyalanuvchilar uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirdi.

– Davlatimiz rahbari tomonidan bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor bizga katta mas’uliyat yuklash bilan birga, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi keng ko‘lamli ishlarimizning yanada samarali bo‘lishiga xizmat qilmoqda, – deydi sport maktabi direktori Mambet To‘remuratov. – Bugungi kunda maktabimizda 574 o‘quvchi, shundan 184 nafar qizlar badiiy gimnastika, milliy kurash, tennis, yengil atletika, taekvondo, futbol, basketbol bilan muntazam shug‘ullanmoqda. O‘n uch nafar malakali murabbiy ularga sport sirlarini o‘rgatmoqda.

Maktab tarbiyalanuvchilari orasida iqtidorli, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mamlakatimiz miqyosidagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan yoshlar ko‘p. Sportning tennis turi bo‘yicha Go‘zal Seydullayeva, O‘rozbek Umrzoqov, Abulqosim Qo‘chqorov, stol tennisi bo‘yicha Nargiza Bekmuratova, Salamat Taubemuratov, badiiy gimnastika bo‘yicha Balxiya Amirova, Xurliman Seytnazarova, Sayyora Tangribergenova kabilar shular jumlasidandir.

Sportning taekvondo turi bo‘yicha 2014-yil noyabr oyida o‘tkazilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi birinchiligida Salamat Shermanov ikkinchi, Mehribon Muratova uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Farzandlarimizning jismonan va ma’nan sog‘lom bo‘lib voyaga yetishi nafaqat har bir oila, balki mamlakat, jamiyat istiqboliga bevosita daxldor masala. Zero, sport bilan shug‘ullangan bolada o‘ziga ishonch ortadi, ma’naviy yuksaladi.