Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sogʻliqni saqlash vazirlarining navbatdan tashqari yigʻilishi
18:37 / 2020-04-30

2020-yil 28-aprel kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga aʼzo mamlakatlar sogʻliqni saqlash vazirlarining videokonferensiya shaklidagi navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtdi.


2020-yil 28-aprel kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga aʼzo mamlakatlar sogʻliqni saqlash vazirlarining videokonferensiya shaklidagi navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 10-aprel kuni Turkiy kengashning videokonferensiya shaklida boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari sammitida ilgari surgan tashabbusi doirasida tashkil etildi.

Yigʻilishda Ozarbayjon, Turkiya, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Vengriya sogʻliqni saqlash vazirliklari rahbarlari, shuningdek, Turkiy kengash Bosh kotibi va Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi direktori ishtirok etdi.

Tomonlar yangi turdagi koronavirus infeksiyasini profilaktika qilish va davolash boʻyicha maʼlumot va tajriba almashdi. Pandemiyaga qarshi kurashda sogʻliqni saqlash sohasida koʻp tomonlama hamkorlikning boshqa jihatlari ham koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov tadbir ishtirokchilariga mamlakatimizda koronavirus tarqalishi va uning oqibatlariga qarshi kurashish boʻyicha olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Tomonlar eʼtirof etishicha, muloqot foydali boʻldi va yangi koronavirus va uni davolashning amaliy usullari toʻgʻrisidagi bilimlarni oʻzaro boyitish imkonini berdi.

Muzokaralarda oʻzaro aloqalarni yoʻlga qoʻyish va bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda oʻtkazish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.