Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sogʻliqni saqlash tizimida shu kunlarda nimalar oʻzgaradi?
13:09 / 2020-07-16

Bugungi kunda mamlakatimizda koronavirus bilan kasallangan 14 mingdan ortiq bemorlar roʻyxatga olingan.


Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher SHODMONOV kuni kecha Prezidentimiz boshchiligida oʻtgan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida pandemiya bilan bogʻliq vaziyat muhokamasiga bagʻishlangan videoselektordan chiqargan xulosalari hamda tizimda yaqin vaqt oraligʻida amalga oshiriladigan oʻzgarishlar haqida oʻz fikrlarini bildirdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda koronavirus bilan kasallangan 14 mingdan ortiq bemorlar roʻyxatga olingan. Ular orasidan 8 mingdan ortigʻi davolanib chiqqan. Hozirda shifoxonalarimizda 6054 ta bemor davolanmoqda.

Bemorlarning aksariyati Toshkent shahar va Toshkent viloyati aholisi orasidan aniqlangan. Bugungi yigʻilishda Prezidentimiz koronavirus bilan kasallangan bemorlarga koʻrsatilayotgan xizmatlardagi xato va kamchiliklarni tanqid qilib, ularni bartaraf etish borasida topshiriqlar berdi.

Bu borada tez tibbiy yordam chaqiruvlaridagi kechikishni bartaraf etish uchun endi har bir tez tibbiy yordam stansiyalarida qoʻshimcha yordam brigadalarni tashkil etish va ular avtomobillar, kadrlar bilan taʼminlanadi.

Yana bir muhim masala poliklinikalardagi aholiga koʻrsatiladigan tibbiy yordamni kuchaytirish uchun qoʻshimcha avtomobillar bilan taʼminlab, uyda davolanayotgan bemorga tez va samarali tibbiy yordam koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish koʻrsatmasi berildi. Bemorlarni davolash tizimiga oliy taʼlim muassasalari va respublika markazlaridagi olimlar va mutaxassislarni jalb etish vazifasi topshirildi. Bundan tashqari aholi orasida sarosimaga tushish, xavotirlanishni kamaytirish uchun tibbiy yordam Call markazlarini va ulardagi xodimlar sonini koʻpaytirish vazifasi berildi.

Kuni kecha mamlakatimizga Yaponiyada ishlab chiqarilgan 200 mingta AVIGANT dorisi keltirildi. Har bir tumanda maxsus shtab tashkil etilib aholini dori-darmon zaxirasi bilan taʼminlash vazifasi yuklatildi.