Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sog‘ bo‘l” jamoasi yoshlari 100 ming dollar miqdoridagi grant yutib olishdi
14:35 / 2023-11-24

“ICT Expo Uzbekistan” – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida milliy va xalqaro ishlanmalar va yutuqlarni namoyish etishga qaratilgan xalqaro ko‘rgazma hisoblanadi.

Raqamli texnologiyalar vazirligida   “ICT Expo Uzbekistan” ko‘rgazmasi doirasida taqdimotlar namoyish etilib,  President Tech Award xakatonining maxsus yo‘nalish bo‘yicha g‘olibi taqdirlandi.  

Tadbirni Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov ochib berdi. Xorijiy tashkilotlar vakillarining kirish so‘zlari va chiqishlaridan so‘ng tadbir rasmiy e’lonlar va taqdimotlar bilan davom etdi.  

Jumladan, “Muxlisa” sun’iy intellekti, my.gov.uz saytining yangi versiyasi,  MyID ekotizimi imkoniyatlari va istiqbollari, Aloqa Bank talaba kartasi, Face ID  to‘lov tizimi, “O‘zbektelekom IPO”ga chiqish taqdimoti, Aloqabankning “Raqamli xizmatlar platformasi” taqdimoti Huawei (Xitoy) kompaniyasining O‘zbekistonda “IT ta’limga e’tibor” – korporativ ijtimoiy mas’uliyati taqdimoti, Plug and Play (AQSH) kompaniyasi boshqaruvchisi O‘zbekistonda startaplarni rivojlantirishning yangi ekotizimi bo‘yicha taqdimotlar taqdim etildi.  

Shuningdek, ko‘rgazma doirasida “President Tech Award” xakatonining maxsus yo‘nalish bo‘yicha g‘olibi taqdirlandi.  

Hakamlar hay’atining baholari va xakaton davomida loyihaning texnik amalga oshirilishi natijalariga ko‘ra, Maftuna Ziyamova, David Alkamyan, Yasmina Ablayeva va Azam Behruz kabi yoshlardan tarkib topgan Rammstein Theorem jamoasi “Sog‘ bo‘l” loyihasi uchun g‘olib deb topildi.  

—  Xakaton doirasida ushbu loyihani yaratish uchun jamoamiz bilan yillar davomida to‘plagan tajribalarimizdan foydalandik,—deydi Maftuna Ziyamova.—“Sog‘ bo‘l” loyihasi insonlarni o‘z salomatliklari haqidagi ma’lumotlarni telefondagi yordamchi qo‘llanmalar orqali bilib borish imkoniyatini beradi.    

G‘olib jamoa xakatonda ishlab chiqilgan loyihani takomillashtirish va amalga oshirishga yordam beradigan 100 ming dollar miqdoridagi grantga ega bo‘ldi.  

N.Rahmonova, O‘zA