Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sofiya shahrida bokschi qizlarimizni jiddiy sinov kutmoqda
09:51 / 2022-09-19

Bolgariyada 19-23 sentyabr kunlari VIII "Balkan" xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi. Sofiya shahri mezbonlik qiladigan ushbu musobaqada ayollar o‘zaro g‘oliblik uchun raqobatlashadi.

Jahonning yetakchi ayol bokschilari qatnashishi kutilayotgan mazkur musobaqada O‘zbekiston ayollar terma jamoasi a’zolari Bosh murabbiy Elshod Rasulov va murabbiylar Islom Tojiboyev, Ziyatdinbek Taygonboyev qo‘l ostida ringga ko‘tariladi. 

VIII  "Balkan" xalqaro turnirida quyidagi sportchilarimiz ishtirok etadi: 
 
1. -48 kg: Farzona Fozilova;  
2. -50 kg: Aziza Yakubova;  
3. -52 kg: Feruza Kazakova;  
4. -54 kg: Nigina O‘ktamova;  
5. -57 kg: Sitora Turdibekova;  
6. -60 kg: Mohinabonu Abdullayeva;  
7.  -63 kg: Hadichabonu Abdullayeva;  
8. -66 kg: Navbahor Hamidova;  
9. -70 kg: Mavluda Mavlonova.  

 

J.Toshxo‘jayev,
O‘zA