FOTOREPORTAJ
Surxon vohasining muqaddas qadamjolaridan biri – So‘fi Olloyor ziyoratgohi Oltinsoy tumanining Katta Vaxshivor qishlog‘ida joylashgan.
Ziyoratgohda 1710 yillarda yetti nafar xalifasi bilan Katta Vaxshivor qishlog‘iga kelgan ulug‘ musavvif shoir, yirik alloma So‘fi Olloyorning o‘zi qurdirgan masjid saqlanib qolgan. O‘sha davrda ekilgan tut daraxtlari hamon ko‘karib turibdi. Majmuadagi “Qora buloq” suv xafzasidan oqib turgan zilol suv ilk bor 1710 yilda chiqqan. Maskanga yil bo‘yi ziyoratchilar tashrif buyuradi.
[gallery-19132]
Bugungi kunda ziyoratgohning me’moriy qiyofasini saqlab qolish va uni zamonaviy talablar asosida yangilashga qaratilgan keng ko‘lamli qurilish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Hududda ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratish, yangi binolar va inshootlar qurish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
O‘zA fotomuxbiri
Jonibek QO‘ZIMURODOV olgan suratlar