Sodir etilgan terror harakatlari sababli Avstriyada 5-noyabrgacha milliy motam eʼlon qilindi
Hukumat bu haqda oʻzining Facebookdagi rasmiy sahifasida maʼlumot berdi.
Avstriya hukumati poytaxt Venadagi terrorchilik harakatlari tufayli mamlakatda 5-noyabrgacha davom etuvchi milliy motam eʼlon qildi.
Hukumat bu haqda oʻzining Facebookdagi rasmiy sahifasida maʼlumot berdi.
Unga koʻra, 3-5-noyabr kunlari terrorchilik hujumi qurbonlari xotirasiga mamlakatdagi barcha davlat muassasalari peshtoqidagi bayroqlar tushiriladi.
Eslatib oʻtamiz, 3-noyabrda Venada nomaʼlum kishilar tomonidan terrorchilik hujumlari tashkil etildi.
Dastlab Shvedenplats maydonida otishma sodir boʻlib, keyinchalik shaharning qator joylarida hujumlar uyushtirilgani qayd etilgandi. Otishma oqibatida olti nafar kishi qurbon boʻlgan.