Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sobiraxon Shahobiddinova jahon chempioni
10:17 / 2023-12-04

Armanistonda boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tayotgan jahon chempionatining qizlar o‘rtasidagi final bahslarida 4 nafar vakilimiz chempionlik uchun ringga ko‘tarildi.

Jahon chempionatining 80 kilogrammdan ortiq vazn toifasida ishtirok etgan Sobiraxon Shahobiddinova hindistonlik raqibi Prachi Tokasni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, o‘z vaznlarida Maftuna Musurmonova, Maftuna Yangiyeva hamda Hikmatillo O‘lmasov finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.  

Bugun, 4 dekabr kuni -57 kgda hamyurtimiz Sevara Mamatova hamda Vini (Hindiston), -60 kgda Firuzjon Sa’dullayev va Andranik Martirosyan (Armaniston), +80 kgda Islom Salihov va Hemant Sangvan (Hindiston) o‘rtasida so‘nggi hal qiluvchi janglar o‘tkaziladi.  

Ma’lumot uchun, ushbu musobaqada dunyoning 51 davlatidan 357 nafar charm qo‘lqop ustalari raqobatlashmoqda. Ular orasida mamlakatimizdan jami 18 nafar umidli bokschilar ringga ko‘tarildi.  

 

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA