Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sobiq vitse-prezident Mayk Pens AQSH prezidentligiga nomzod
10:11 / 2023-06-06

AQSHning sobiq vitse-prezidenti Mayk Pens 2024 yil noyabrda prezidentlik saylovida qatnashmoqchi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar qildi.

Siyosatchi 6-7 iyun kunlari Vashingtonda ommaga o‘z saylov kampaniyasi haqida e’lon qilishini aytdi. Pens nomzodi Respublikachilar partiyasidan qo‘yiladi.

Avvalroq Britaniyaning “Sky News” nashri avvalgi Prezident Donald Tramp sobiq hamkorini bo‘lajak saylovdagi asosiy raqiblardan biri degandi.

Ijtimoiy so‘rov natijasiga ko‘ra, Pens respublikachi nomzodlar orasida uchinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Mahalliy matbuot yozishicha, Mayk 2021 yil yanvar oyida Kapitoliyaga hujum uyushtirilgandan keyin sobiq rahbari bilan yo‘lini ayirgan.

O‘zA