Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sobiq “Toshturma” o‘rni qachon obod bo‘ladi?
17:39 / 2025-10-06

Davlat mulki ob’ektlaridan samarali foydalanish, Toshkent shahrida qurilish va obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida 2018 yil 22 martda Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilingan.

Shu asosda Yunusobod tumani Namangan ko‘chasi 1-uy manzilida joylashgan sobiq 1-sonli tergov hibsxonasi (sobiq “Toshturma”) bino-inshootlari va unga tegishli hudud Toshkent shahar hokimligi balansiga o‘tkazilgan. 

Mazkur hududda barcha zarur infratuzilmaga ega zamonaviy xiyobon (dam olish maskani) barpo etish vazifasi yuklatilgan.

Biroq oradan ancha vaqt o‘tganiga qaramay, belgilangan vazifalar ijrosi hanuzgacha to‘liq ta’minlanmagan. Hozirda ushbu yer maydonlari qarovsiz holatda qolayotgani, ayrim qurilish kompaniyalari tomonidan esa hududdan xususiy manfaatlarda foydalanishga bo‘lgan urinishlar kuzatilayotgani fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Sayyora Abdukarimova tomonidan Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovga senator so‘rovi yuborildi.

Senator Toshkent shahar hokimidan mazkur hududning hozirgi holati, farmoyishda belgilangan vazifalar bajarilishi kechikkani sabablari hamda tegishli yer maydonini obodonlashtirish va zamonaviy xiyobon barpo etish bo‘yicha ko‘rilgan amaliy choralar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berishni so‘ragan.

N.Abduraimova, O‘zA