“Reyter” agentligi Vatikan sobiq Rim papasi Benedikt XVI vafot etgani haqida xabar berdi. U 96 yoshda edi.
Benedikt XVI 2005 yilda 78 yoshida Papa etib saylangan edi. U taxtga ko‘tarilgan tarixdagi eng keksa kardinallardan biriga aylandi.
2013 yil fevral oyida Benedikt "cherkov manfaati uchun" iste’foga chiqishini e’lon qildi.
O‘shanda ham uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy muammolar haqida xabar berilgan, ammo Vatikan ularni tasdiqlamagan edi.
O‘shanda Benedikt "o‘z vazifalarini bajarish uchun yetarli kuch yo‘qligi" sababli lavozimidan ketganligi aytilgandi.
Benedikt XVI katolik cherkovi tarixidagi uchinchi pontifik va so‘nggi 600 yil ichida taxtdan voz kechgan birinchi pontifik bo‘ldi. Iste’foga chiqqanidan keyin u Vatikanda sobiq monastir hududida yashab, "nafaqadagi papa" maqomini oldi.
O‘tgan chorshanba kuni Rim papasi Frensis Vatikandagi so‘nggi murojaatida juda kasal bo‘lgan Papa Benedikt uchun duo qilishga chaqirgandi.
O‘zA