Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sobiq hisobchi korxona pullarini o‘zlashtirgan
09:11 / 2022-09-27

Buxoro shahrida xodimlarning mablag‘larini o‘zlashtirgan sobiq hisobchi aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.  

Natijada “M.” MCHJ sobiq hisobchisi D.U. MCHJga tegishli korporativ kartadan 961,5 million so‘mni naqdlashtirib olib o‘zlashtirgan. Korxonaning 59 nafar xodimining 99 million so‘m ish haqini shaxsiy kredit to‘lovlari uchun yo‘naltirganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blanklar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

 

Zarif Komilov,  
O‘zA