Sobiq bosh vazirga qarshi namoyishda ishtirok etgan kishilarga hukm chiqarildi
Pokiston sudi sobiq bosh vazir Navoz Sharifga qarshi namoyishlarda ishtirok etgan yuzdan ortiq kishiga yetti yillik qamoq jazosini tayinlab hukm chiqardi. Bu haqda “Geo TV” xabar beradi.
Pokiston sudi sobiq bosh vazir Navoz Sharifga qarshi namoyishlarda ishtirok etgan yuzdan ortiq kishiga yetti yillik qamoq jazosini tayinlab hukm chiqardi. Bu haqda “Geo TV” xabar beradi.
Hukm qilinganlar Panjob viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga hujum qilganlikda, shuningdek, davlat mulkiga ziyon yetkazishda ayblangan.
Eslatib oʻtamiz, sobiq bosh vazirga qarshi norozilik namoyishlari 2013 yilda boʻlgandi.