French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sobiq birinchi xonim sud hukmini kutyapti
14:02 / 2026-01-28

Janubiy Koreyada Seul markaziy okrugi sudi sobiq prezident Yun Sok Yolning rafiqasi Kim Xe Gyonga oid poraxo‘rlik ishi bo‘yicha hukmni e’lon qilish arafasida. Agar aybdor deb topilsa, mahkuma 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi va yirik miqdorda jarima to‘lashi mumkin. Mazkur jarayon jamoatchilikning alohida e’tiborini tortmoqda.

Prokuratura Kimni o‘z mavqeidan foydalangan holda qimmatbaho sovg‘alar, jumladan mashhur brend sumkalari, marvarid taqinchoqlarni qabul qilishda ayblangan. Tergov fikricha, bunday hadya muayyan siyosiy imtiyoz evaziga olingan.

Bundan tashqari, xonim fond bozori narxiga ta’sir o‘tkazish hamda noqonuniy siyosiy moliyalashtirish ishida ham gumonlanmoqda.

Maxsus prokuror ta’kidlashicha, Xe Gyong prezident rafiqasi maqomidan foydalangan holda kadrlar tayinlovi masalasi va siyosiy qarorlar chiqarish jarayoniga keng miqyosda aralashgan.

Gumondor o‘ziga qo‘yilayotgan barcha ayblarni qat’iyinkor etib, sovg‘alar hech qanday manfaat evaziga olinmaganini bildirgan. In’om bergan, deya gumon qilinayotgan diniy tashkilot ham pora berganini tan olmayapti.

Ushbu sud sobiq prezident Yun Sok Yol shaxsi bilan bog‘liq keng ko‘lamli roq siyosiy inqiroz asnosida o‘tyapti. Tahlilchilar ayni jarayon Janubiy Koreyada siyosiy mas’uliyat va qonun ustuvorligi ta’minlanishi yo‘lidagi muhim sinovga aylanganiga urg‘u bermoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA