Soatmuradov Sharofiddin Nuritdinovichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Bolalarda qorin bo‘shlig‘i parenximatoz a’zolari shikastlanishlarida zamonaviy tashxislash va davolash yondashuvlari» mavzusida
Soatmuradov Sharofiddin Nuritdinovichning 14.00.35 – «Bolalar xirurgiyasi» ixtisosligi bo‘yicha «Bolalarda qorin bo‘shlig‘i parenximatoz a’zolari shikastlanishlarida zamonaviy tashxislash va davolash yondashuvlari» mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Andijon davlat tibbiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.06/2025.27.12.Tib.02.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 26-fevral kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 170100, Andijon shahri, Yu.Otabekov ko‘chasi, 1-uy.
Tel/faks: (+998) 74-223-94-50
ye-mail: info@adti.uz