Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soat 15:00 gacha saylovchilarning 62,70 foizi ovoz berdi – Markaziy saylov komissiyasi (+video)
16:15 / 2024-10-27

Mamlakatimiz bo‘ylab Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ovoz berish jarayonlari davom etmoqda.

Markaziy saylov komissiyasining Matbuot markazida MSK raisi o‘rinbosari B.Qo‘chqorov ishtirokida navbatdagi brifing bo‘lib o‘tdi. Unda saylov jarayonlarining borishi xususida ma’lumotlar taqdim etildi.

[gallery-20052]

Qayd etilganidek, 15:00 holatiga jami saylovchilarning 12 million 504 ming 688 nafari yoki 62,70 foizi ovoz berishda ishtirok etgan.

Shuningdek, brifingda Markaziy saylov komissiyasi huzuridagi Axborot markazining 12-00 qisqa raqamiga 15:00 gacha fuqarolardan jami 131 ta murojaat kelib tushgani aytib o‘tildi.

<iframe width="866" height="487" src="https://www.youtube.com/embed/oLWZ0lU_p34" title="Saylovlar demokratik tamoyillar asosida oʻtmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Komilova,

A.Alijonov(surat),

Yo.Meliboyev, O‘zA muxbirlari