Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soat 15:00 ga qadar 14 milliondan ortiq fuqaro ovoz berdi
17:42 / 2023-04-30

Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda referendumda ovoz berish jarayonlarining borishi xususida ma’lumot berildi.

Qayd etilganidek, 10 ming 758 ta referendum uchastkasida ovoz bersh jarayonlari davom etmoqda. Soat 15:00 ga qadar ovoz beruvchilarning 14 million 206 ming 21 nafari ovoz berdi. Bu jami ovoz beruvchilarning 73,17 foizini tashkil etadi.  

Hududlar bo‘yicha tahlil qilinganda eng yuqori ko‘rsatkich Sirdaryo  (78,83 foiz), Andijon (78,46 foiz) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga (76,56 foiz) to‘g‘ri kelmoqda.  

M.Komilova, O‘zA