Soat 13:00 holatiga ovoz beruvchilarning 62 foizdan ortig‘i referendumda ovoz berdi
Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda referendumda ovoz berish jarayonlarining borishi xususida ma’lumot berildi.

Qayd etilganidek, 19 million 722 ming 809 nafar fuqaro ovoz beruvchilar ro‘yxatiga kiritilgan. Soat 13:00 ga qadar umumiy ovoz beruvchilarning 12 million 83 ming 105 nafari yoxud 62 foizdan ortig‘i ovoz berishda ishtirok etdi.

«O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 38-moddasiga ko‘ra, agar ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning yarmidan ko‘prog‘i yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, qaror referendumda qabul qilingan deb topiladi. Demak, qayd etilganidek, referendumni o‘tdi, deb hisoblashga asos bor.
Muhtarama KOMILOVA,
Nosirjon HAYDAROV (surat), O‘zA