Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soʻxliklarning ertangi kunga ishonchi ortmoqda
17:56 / 2020-07-06

Fargʻona viloyati Soʻx tumanida tashkil etilgan ishchi guruh sektorlar kesimida mahallalar boʻylab amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qildi.

Islohotlar amalda

Fargʻona viloyati Soʻx tumanida tashkil etilgan ishchi guruh sektorlar kesimida mahallalar boʻylab amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qildi. Asosiy maqsad aholining mavjud muammolarini oʻrganish, har bir xonadonning munosib ijtimoiy- maishiy sharoitini yaxshilashdan iborat.

Aslida “Obod va xavfsiz mahalla" tamoyilining tub mohiyati aynan aholining turmush darajasi va sifatini oshirishdir. Xususan, tumanidagi sektorlar kesimida mahallalar boʻylab aholining mavjud muammolari oʻrganilganda asosan, tabiiy gaz, elektr-energiyasi, suvdan foydalanish, sogʻliqni saqlash, ish bilan taʼminlash, yoʻl qurilishi va uy-joy bilan bogʻliq koʻplab masalalarni hal etishga yetarli eʼtibor berilmayotgani maʼlum boʻldi.

Mazkur aniqlangan muammolarni joyida hal etish yuzasidan ishchi guruh tomonidan tegishli tashkilot mutasaddilari jalb qilingan holda fuqarolarga amaliy yordam koʻrsatish choralari koʻrilmoqda. Natijada 1 ming 58 nafar ishsiz tumandagi korxona va muascasalarga ishga joylashtirildi. Aholi xonadon sharoitida qoʻshimcha daromad topishini ragʻbatlantirish maqsadida 194 nafar fuqaroga 414 million 205 ming soʻm subsidiya ajratildi. Shundan 136 ta xonadonga yengil konstruksiyali issiqxona, 43 ta xonadonga tomorqa yerini sugʻorish uchun zarur texnika yetkazildi. Yetishtirilayotgan meva-sabzavotlarning hosildorligini oshirish maqsadida zarur mineral oʻgʻitlar arzonlashtirilgan narxlarda tarqatildi.

Maʼlum boʻlishicha, tumanda elektr energiyasi va gaz taʼminotida shu paytga qadar muammolar boʻlgan ekan. Bu borada barchaga qulaylik yaratish maqsadida 95 nafar mutaxassisdan iborat 10 ta brigada jalb qilindi. Ular tomonidan hozirga qadar mahallalarda 20 ming 254 metr izolyatsiyalangan yangi kabel tortildi, 43 ta transformator taʼmirlanib 16 tasi yangi oʻrnatildi. Joylarda gaz taʼminoti yaxshilandi. Xususan, 3 ming 480 ta propan gaz balloni xonadonlarga tarqatildi, 138 ta gaz taqsimlash punkti toʻliq taʼmirdan chiqarilib, kuz-qish mavsumiga tayyor holatga keltirildi. Shu bilan birga, tumanning “Lenbur”, “Istiqlol” kabi koʻplab mahalla fuqarolar yigʻinlarida aholi toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi.

Eʼtibor qaratish lozim boʻlgan yana bir masala aholi murojaatlari bilan ishlash tizimidir. Bu boʻyicha shu kunga qadar tuman hokimligi qoshida hamda sektorlar shtabida tashkil etilgan “Fuqaro qabulxonalari”ga 427 ta murojaat kelib tushgan ekan. Oʻrganishlar davomida ushbu murojaatlarning 72 tasi joyida hal etildi. 166 tasi boʻyicha huquqiy tushuntirish berildi, qolgan 189 ta muammoli masalalarni tegishli idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralari koʻrilmoqda.

Mahalla boʻylab xonadonlarda olib borilgan oʻrganishlar davomida aniqlangan 1 ming 744 ta ijtimoiy muammolardan 1 ming 681 tasi hal etildi. Jumladan, xonadonlarni taʼmirlash, kommunal xizmat koʻrsatish ishlari olib borildi. Umuman olganda, bu kabi saʼy-harakatlardan aholi mamnun.

Oʻz navbatida, pandemiya davrida aholi belgilangan tartib va qoidalarga rioya qilishi Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalari tomonidan nazoratga olinib, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Davronbek JUMANAZAROV,
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
Axborot xizmati boshligʻi, polkovnik.