English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Soʻxlik yoshlar uchun munosib tuhfa
19:26 / 2020-08-12

Yoshlarni jismoniy sogʻlom, har jihatdan yetuk, barkamol boʻlib kamol topishida sport sogʻlomlashtirish maskanlarining oʻrni beqiyos.

Yoshlarni jismoniy sogʻlom, har jihatdan yetuk, barkamol boʻlib kamol topishida sport sogʻlomlashtirish maskanlarining oʻrni beqiyos.

Ayni kunlarda Soʻx tumanida 5 mingdan ziyod yoshlar sportning barcha turlari bilan shugʻullanmoqda. Tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari doirasida sport maskanlarini moddiy–texnik bazasini mustahkamlash, yosh sportchilarga sharoit yaratishga alohida eʼtibor qaratilgan.

photo_2020-08-12_19-21-07.jpg

– Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan umumiy qiymati 640 million soʻm boʻlgan sport jihozlari keltirildi, – deydi tuman bolalar va oʻsmirlar sport maktabi direktori Suhrobjon Qoʻziyev. – Bundan tashqari, viloyat hokimi homiyligida 200 million soʻm boʻlgan sport anjomlari ham olib kelindi.

Ayni kunda tuman yoshlari uchun yangi “Yoshlar sport kompleksi” tashkil etilmoqda. Soʻx tumani bolalar va oʻsmirlar sport maktabining “Ravon” shaharchasidagi mavjud bino va inshootlar hamda ochiq oʻyingohlar toʻliq rekonstruksiya qilinib sportchi yoshlar uchun kerakli boʻlgan sharoit yaratilmoqda.

photo_2020-08-12_19-21-01.jpg

Soʻxlik sportchi yoshlarning bu boradagi qiziqishlarini inobatga olib tumandagi iqtisodiyot va pedagogiga kasb- hunar kolleji negizida 2-sonli Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda . Bu yerda mahalliy yoshlar sportning 20 dan ortiq turi bilan shugʻullanish imkoniyatiga ega boʻladi.

– Sportning armrestling turi bilan shugʻullanib kelaman, – deydi yosh sportchi Shohjahon Ergashev. – Menga viloyat hokimligi tomonidan maxsus sport jihozlari keltirib berilgani ayni muddao boʻldi. Maqsadim, Respublika va xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etish.