So‘nggi yig‘in, navbatdagisi saralash o‘yinlari
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi 22-26 mart kunlari Toshkent shahri mezbonlik qiladigan Osiyo chempionati saralash o‘yinlari oldidan so‘nggi o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘iniga kirishdi.
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi 22-26 mart kunlari Toshkent shahri mezbonlik qiladigan Osiyo chempionati saralash o‘yinlari oldidan so‘nggi o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘iniga kirishdi.
Yana 9 kundan so‘ng poytaxtimizda Osiyo chempionati saralash o‘yinlari boshlanadi. Unda Lyubinko Drulovich shogirdlari Tojikiston va Hindiston Olimpiya terma jamoalari bilan kuch sinashadi. Afsuski, ma’lum sabablarga ko‘ra Pokiston olimpiyachilari Toshkentda o‘tadigan saralash o‘yinlarida ishtirok etmasligini bildirdi.
Saralash o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Olimpiya terma jamoamiz ayni paytda poytaxtdagi ”Chig‘atoy” sport majmuasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda.
Saralash o‘yinlari taqvimi:
22 mart
O‘zbekiston – Hindiston
(“Paxtakor” stadioni. Soat 17:00)
24 mart
Tojikiston – Hindiston
(“Paxtakor” stadioni. 17:00)
26 mart
O‘zbekiston – Tojikiston
(“Paxtakor” stadioni. 17:00)
Bosh murabbiy yig‘inga quyidagi futbolchilarni jalb etgan:
Darvozabonlar:
Umidjon Ergashev – “Nasaf”
Umidjon Hamroev – “Paxtakor”
Nizomitdin Ziyovutdinov – AGMK
Mashhurjon Muhammadjonov – “Nasaf”
Himoyachilar:
Islom Qobilov – “Bunyodkor”
Husniddin G‘ofurov – “Surxon”
Husniddin Aliqulov – “Mash’al”
Sherzod Nasrullaev – “Nasaf”
Dilshod Saidov – “Nasaf”
Hojiakbar Alijonov – “Paxtakor”
Ilhom Alijonov – “Nasaf”
Dian Talxatov – “So‘g‘diyona”
Yarim himoyachilar:
Abdulla Abdullaev – “Bunyodkor”
Abrorbek Ismoilov – “Surxon”
Oston O‘runov – “Navbahor”
Oybek Rustamov – “Qo‘qon-1912”
Jasur Yaxshiboev – “Paxtakor”
Nurillo To‘xtasinov – “Bunyodkor”
Islom Kenjaboev – “Nasaf”
Islom Rashidxonov – “Nasaf”
Oybek Bozorov – “Nasaf”
Sanjar Qodirqulov – “Bunyodkor”
Suhrob Nurullaev – “Metallurg”
Sharof Muxitdinov – “Nasaf”
Hujumchilar:
Aziz Amonov – “Lokomotiv”
Mirjahon Mirahmadov – “Bunyodkor”
Bobur Abduxoliqov – “Nasaf”