Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“So‘g‘diyona” oliy ligada qoldi
17:42 / 2015-11-25

Olmaliqda Toshkentning “Oqtepa” va Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoalari O‘zbekiston milliy chempionati oliy ligasi musobaqalarida qatnashish huquqini qo‘lga kiritish uchun maydonga tushdi.

Olmaliqda Toshkentning “Oqtepa” va Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoalari O‘zbekiston milliy chempionati oliy ligasi musobaqalarida qatnashish huquqini qo‘lga kiritish uchun maydonga tushdi.

“So‘g‘diyona” jamoasi bu yil O‘zbekiston XXIV milliy chempionati oliy ligasida o‘n beshinchi o‘rinni egalladi. Birinchi ligada jami 64 ochko jamg‘argan “Oqtepa” ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘lgan. Reglamentga ko‘ra, oliy ligada o‘n beshinchi o‘rinni egallagan jamoa birinchi ligada ikkinchi o‘rinni egallagan jamoa bilan keyingi mavsumda oliy ligada to‘p surish huquqi uchun bahslashadi.

Uchrashuvning 29-daqiqasida jizzaxliklar hisobni ochdi. “So‘g‘diyona” jamoasi a’zosi Sanjar Rashidovning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi darvoza to‘siniga tegib, to‘rdan joy oldi – 1:0. 53-daqiqada “Oqtepa” jamoasi vakillari hisobni tenglashtirdi. Gol muallifi Temur Hakimov. 77-daqiqada Akmal Abdurahmonov “So‘g‘diyona”ning g‘alaba to‘pini kiritdi.

Shu tariqa “So‘g‘diyona” oliy ligada qoldi.