So‘fi Olloyor ziyoratgohi haqida bilasizmi?
Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumani Vaxshivor tog‘ tizmalari orasida So‘fi Olloyor ziyoratgohi joylashgan.
Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumani Vaxshivor tog‘ tizmalari orasida So‘fi Olloyor ziyoratgohi joylashgan.
Ziyoratgoh tasavvuf ilmining bilimdoni, mutasavvuf shoir So‘fi Olloyor nomi bilan bog‘liq.
1710 yillarda yetti nafar xalifasi bilan mazkur qishloqqa kelgan hazrat bu joyni maskan tutib, masjid qurdiradi.
Sinchli paxsadan qurilgan masjid xonaqox, ikki tomonli ayvon va qo‘shimcha xonalardan iborat. Shimoli-sharqiy tomoni hashamatli bo‘lib, mehrobsimon ravoqlar ishlangan. Eshiklari tepasidagi tabandonlar ganchkor panjara bilan bezatilgan.
Majmua hovlisida So‘fi Olloyor davrida ekilgan tut daraxti hamon ko‘karib turibdi. Ziyoratgohdagi Qorabuloq suv havzasi 300 yildan buyon xalqni toza ichimlik suvi bilan ta’minlab kelmoqda.