Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SMTI va AQSHning “LYNC” NNT o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
14:35 / 2025-09-10

Bugun Toshkentda “Deklaratsiyalar muloqoti” II xalqaro forumi o‘z ishini boshladi. Mazkur anjumanda 15 mamlakatdan, jumladan, AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Indoneziya va Markaziy Osiyo davlatlaridan 50 ga yaqin yetakchi dinshunos, ilohiyotshunos, ekspert va yuqori martabali shaxslar ishtirok etmoqda.

Forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va Qo‘shma Shtatlarning “Love Your Neighbor Community” (LYNC) nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. 

Ushbu hujjat din erkinligi va diniy bag‘rikenglikni rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi hamkorlik uchun huquqiy asos yaratadi. 

– SMTI bilan hamkorligimiz shunchaki g‘oyalarni muhokama qilish emas, balki ushbu g‘oyalarning jamiyatda qanday amalga oshirilishi mumkinligini amaliy jihatdan rivojlantirishdan iborat, -dedi “LYNC” rahbari Ueyd Kyuzak.

Ma’lumot o‘rnida: “LYNC” 2017 yilda AQSHda asos solingan. Davlat organlari, fuqarolik tashabbuslari va diniy jamoalar bilan hamkorlikda ushbu tashkilot turli ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga hissa qo‘shib kelmoqda.

O‘.Alimov, 

R.Nazarmatov (foto),

O‘zA