Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Smart texnologiyalarning foydasi
14:57 / 2025-12-25

Toshkent davlat agrar universitetida “Toshkent viloyatida smart texnologiyalar asosida o‘rmon va shahar hududlarini ko‘kalamzorlashtirish” loyihasi doirasida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Anjuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi” hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi (KOICA) hamkorligida tashkil etildi. 

Qayd etish lozim, 2024/2028-yillarga mo‘ljallangan, umumiy qiymati 7,7 million AQSH dollari bo‘lgan mazkur loyihani amalga oshirishdan umidlar katta. Shu tufayli seminarda Koreya va O‘zbekistonning yetakchi mutaxassislari ishtirok etib, shahar va aholi turar-joylarini ko‘kalamzorlashtirish, manzarali bog‘dorchilik, landshaft dizayni hamda o‘rmonlarni qayta tiklash yo‘nalishlarida Koreya Respublikasining ilg‘or tajribalari va eng yaxshi amaliyotlari muhokama qildi. 

Shuningdek, Toshkent viloyatida o‘rmon hududlarini tiklash va ko‘chatchilikni rivojlantirish kabi yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi. Tadbir Toshkent davlat agrar universitetining professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun xalqaro tajribani o‘rganish hamda amaliy bilimlarni oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. 

Yakunda ishtirokchilar O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti binosida tashkil etilgan Manzarali ko‘chat yetishtirish laboratoriyasi bilan yaqindan tanishdi. 

A.Musayev, O‘zA.